Rossiya birinchi marta Ukrainaga oʻta ogʻir bomba tashladi
ви
Rossiya kuchlari Ukrainaning Xarkov viloyatidagi Lipsi qishlogʻiga boshqarish va tuzatish moduliga ega boʻlgan 3 tonnalik «FAB-3000 M-54» bombasi tashlagan.
Bomba «Yangi pochta» binosiga yoʻnaltirilgan. Bu haqda «BILD» ochiq maʼlumotlar tahlili eksperti Yulian Ryopke xabar berdi.
Hujum haqida Rossiya armiyasini qoʻllab-quvvatlaydigan Z-kanallar ham yozgan.
Ulardan biri «Fighterbomber» Telegram kanali quroldan foydalanish jarayoni aks etgan videoni joylashtirdi. Zarba oqibatida Ukraina qurolli kuchlari vaqtinchalik foydalanilayotgan 3 qavatli bino nishonga olingani aytilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring