Rossiya aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Rossiyaning “Red Wings Airlines” aviakompaniyasi O‘zbekistonga qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Bu haqda “Spot.uz” manbasi xabar berdi. Mazkur kompaniya samolyotlari shu yil may oyidan boshlab Moskvaning “Domodedovo” aeroportidan Navoiy, Namangan va Farg‘ona shaharlariga parvoz qila boshlaydi.
Bunday imkoniyat O‘zbekiston Rossiya bilan ikki davlat o‘rtasidagi aviareyslar sonini keskin ko‘paytirishga kelishib olinganidan so‘ng yuzaga keldi.
Parvozlar dushanba (Farg‘ona), payshanba (Namangan) va juma (Navoiy) kunlari “A321” avialaynerlarida amalga oshiriladi.
Chiptalar sotuvga chiqarilgan bo‘lib, narxi bir tomonga 9,5 ming rubl (1,2 million so‘m)ga teng.
Bundan oldinroq boshqa bir rus aviakompaniyasi “NordStar” ham mamlakatimizga reyslarni yo‘lga qo‘yishni boshlashi haqida xabar tarqatilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring