Rossiya Afgʻonistonga qoʻshni davlatlar, jumladan Oʻzbekistonni ham oʻz hududiga AQSH va NATO harbiy kuchlarini joylashtirmaslikka chaqirdi

03:14 28 Oktyabr 2021 Dunyo
1467 0

Foto: Reuters

Rossiya Afgʻonistonga qoʻshni davlatlarni oʻz hududiga AQSH va NATOning harbiy kuchlarini kirishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqirdi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov videomurojaatida aytib oʻtgan.

“Biz yana bir bor Afgʻonistonga qoʻshni davlatlarni afgʻon tuprogʻini tark etib, uning qoʻshnilari hududiga joylashishni rejalashtirayotgan AQSH va NATO harbiy kuchlarini kiritishga yoʻl qoʻymaslikka chaqiramiz”, - deyilgan murojaatda.

Lavrovning taʼkidlashicha, AQSH Afgʻonistonga doim faqat oʻzining geosiyosiy vazifalarini hal qilish vositasi sifatida qaragan.

«Gʻarbliklarning Afgʻonistonni oʻz rejalari boʻyicha qayta qurishga boʻlgan qatʼiy intilishlari ayanchli oqibatlarga olib kelgan. Bugungi kunda Afgʻoniston hammasini noldan boshlashi kerak», degan Rossiya TIV rahbari soʻzini davom ettirib.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер