Ronaldu navbatdagi rekordni qayd etdi
Portugaliya terma jamoasi va Italiyaning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Instagram” ijtimoiy tarmogʻida 300 million kuzatuvchiga ega boʻlgan dunyodagi birinchi odam boʻldi.
Sportchi oʻz sahifasida hayotidagi voqealarni faol ravishda ulashib boradi. U oʻyinlar va mashgʻulotlardan fotosuratlarni joylaydi. Ronalduning “Instagram”dagi postlari 13 milliongacha layk yigʻadi.
Bundan tashqari, u oʻz sahifasida rafiqasi Jorjina va toʻrt nafar farzandi bilan tushgan fotosuratlarni ham joylab boradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring