Romitanlik yosh ixtirochi xalqaro tanlov gʻolibi boʻldi
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “InnoWeek.uz-2021” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida "International Robotics Challenge-2021» Robototexnika musobaqasi oʻtkazildi.
Jumladan, ushbu xalqaro tanlovda 16 ta davlatdan 40 nafar turli millat vakillari ishtirok etdi.
Ushbu tanlovda Romitan Innovatsion hududi “Barkamol avlod” bolalar maktabida tahsil olayotgan Jahongir Ramazonov ham qatnashdi.
Maktab toʻgarak aʼzosi Jahongir Ramazonov ushbu xalqaro tanlovda oliy oʻrinni egallab, oltin medalni qoʻlga kiritgan holda Turkiya davlatining Anqara shahridagi "Ostin" texnika universitetiga grant asosida oʻqishga qabul qilinganlik imtiyozini qoʻlga kiritdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring