Rishtonlik yoshlar Yaponiyada oʻqiydi

18:20 01 Aprel 2022 Jamiyat
1096 0

Foto: Халқ сўзи

2019-yili Fargʻona viloyatining Rishton tumani hokimligi hamda Yaponiyaning Maydzuru shahri oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Hamkorlik samarasi sifatida Rishton tumanida tashkil etilgan Rishton-Yaponiya madaniy-iqtisodiy aloqalar markazida tahsil olgan yoshlardan uch nafari – Izzatillo Ismoilov, Mirzarahmat Tojiboyev va Shahzod Yigitaliyev Maydzuru shahridagi politexnika kollejiga oʻqishga qabul qilindi. Kunchiqar yurt vakillari shartnomaga asosan rishtonlik yoshlarning har biriga oʻqish va yashash xarajatlari uchun zarur mablagʻni toʻlab berdi.

Yaponiya taʼlim muassasasida rishtonlik yigitlar robotexnika va axborot texnologiyalari sohasida malaka oshiradi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер