Reuters: Eron Oliy rahnamosi AQSHning muzokaralar boʻyicha taklifini rad etdi
Eron Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy AQSH bilan nizoda oʻt ochishni toʻxtatish yoki hech boʻlmaganda eskalatsiyani kamaytirish haqidagi taklifni rad etdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Ismi oshkor etilmagan eronlik mulozimning soʻzlariga koʻra, ikkita vositachi davlat tegishli taklifni Islom Respublikasiga yetkazgan.
Reutersning yozishicha, Mujtabo Xomanaiy tayinlanganidan keyingi tashqi siyosatga bagʻishlangan ilk yigʻilishda uning AQSH va Isroildan qasd olish istagi “juda qatʼiy va jiddiy” boʻlib koʻringan. Xomanaiyning ushbu yigʻilishda shaxsan ishtirok etgani yoki etmaganiga aniqlik kiritilmagan.
Eslatma: Bundan avval Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqada emasligini maʼlum qilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring