Respublikamizda koʻp qavatli uylardagi xonadonlar soni ochiqlandi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda koʻp qavatli uylardagi xonadonlar soni 1,4 milliontani tashkil etmoqda.
Bu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 39,0 mingtaga oshgan.
Hududlar boʻyicha koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar soni:
— Qoraqalpogʻiston R. – 42,9 mingta
— Andijon viloyati – 51 mingta
— Buxoro viloyati – 63,8 mingta
— Jizzax viloyati – 66,4 mingta
— Qashqadaryo viloyati – 57,3 mingta
— Navoiy viloyati – 73 mingta
— Namangan viloyati – 44,6 mingta
— Samarqand viloyati – 88,2 mingta
— Surxondaryo viloyati – 43,5 mingta
— Sirdaryo viloyati – 41,6 mingta
— Toshkent viloyati – 165,2 mingta
— Fargʻona viloyati – 121,4 mingta
— Xorazm viloyati – 35,3 mingta
— Toshkent shahri – 508,3 mingta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring