Respublika iqtidorli yoshlar oromgohi tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Prezident Boʻstonliq tumanida Oʻzbekiston metallurgiya kombinatining “Yoshlik oromgohi” negizida yil davomida faoliyat yuritadigan Respublika iqtidorli yoshlar oromgohi tashkil etilishini maʼlum qildi.
«Bu maskanda yoshlarimiz yil davomida aniq fanlar bilan birga, badiiy adabiyot, tasviriy sanʼat va musiqa boʻyicha ham bilim va malakasini oshiradilar.
Har bir viloyat va tumanda “Chavandozlar maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Joylarda sport toʻgaraklarini tashkil qilayotgan murabbiylarga inventar sotib olish uchun subsidiya ajratiladi, boʻsh turgan binolar imtiyozli asosda ijaraga beriladi.
Shuningdek, kamida 100 nafar yoshlarni sportga muntazam jalb qilgan murabbiylarga byudjetdan oylik toʻlash tartibi joriy etiladi», dedi Prezident.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring