“Renessans” milliy mukofoti gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Bugun Oʻzbekiston Milliy media birlashmasining 20 yilligini nishonlash va jurnalistika sohasida ilk bor tashkil etilgan “Renessans” milliy mukofoti gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, bugungi kunda xalq ovozi va fikrini keng jamoatchilikka, davlat idoralari eʼtiboriga olib chiqayotgan eng taʼsirchan kuch, bu – ommaviy axborot vositalari, jurnalistlardir.

Shu maʼnoda, sohadagi eng katta nodavlat notijorat tashkilotga aʼzo ommaviy axborot vositalari ham oʻzining xilma-xil va koʻp qirrali faoliyati bilan xalqimizni mamlakatda va dunyoda boʻlayotgan voqealardan xabardor qilish, madaniy va maʼrifiy ehtiyojlarini qondirishga katta hissa qoʻshmoqda.
Fursatdan foydalanib, ularning jamoalarini va mukofotlangan ijodkorlarni chin dildan tabriklaymiz, kelgusi faoliyatida yangi zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
















Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring