“Renault” uchar avtomobilni namoyish qildi

18:38 26 Noyabr 2021 Dunyo
1110 0

Foto: Mathieu CESAR/TheArsenale/Renault

“Renault” kompaniyasi “Air4” uchar mashinasini taqdim etdi. Avtomobil “Renault 4L” modelining 60 yilligi munosabati bilan “The Arsenale Motion Design Center” bilan birgalikda ishlab chiqilgan.

“Air4” umumiy quvvati 90 000 mA/soat boʻlgan 22 000 mA/soat litiy-polimer akkumulyatorlardan quvvat oladi. Avtomobilning maksimal gorizontal tezligi 26 m/s, parvoz paytida egilishi 45°, maksimal egilishi 70° teng.

“Air4” 700 metr balandlikka koʻtarila oladi. Koʻtarilish tezligi 14 m/s ga yetishi mumkin. Lekin xavfsizlik nuqtayi nazaridan u 4 m/s bilan cheklangan, qoʻnish tezligi esa 3 m/s. 

Koʻrgazma Parijda “Renault Atelier”da yil oxirigacha ”Renault 4“ning boshqa tarixiy versiyalari bilan birga namoyish etiladi. ”Air4" kelasi yili Mayami, Nyu-York va Makaoda taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер