Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi etib Jasur Akromov tayinlandi.
Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shuningdek, rais o‘rinbosarlari tarkibida ham o‘zgarishlar bo‘ldi. Muzaffar Komilov hamda Nurman Abdulxasan Qo‘mita raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi vazifasida O. Yusupov faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring