Referendumni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha vazirliklar axborotlari tinglandi

11:11 20 Aprel 2023 Siyosat
703 0

Markaziy saylov komissiyasining videokonferensiya shaklidagi navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlis kun tartibiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ayrim vazirlik va idoralar vakillarining axborotlari, referendumda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilishga oid masalalar koʻrib chiqildi.

Majlisda referendumni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish borasida qator vazirliklar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga doir axborotlari tinglandi.

Xususan, Raqamli texnologiyalar vaziriligining axborot kommunikatsion texnologiyalarning soz xolatda boʻlishi, saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini uzluksiz ishlashini taʼminlash, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya qoʻmondonligining Oʻzbekiston Respublikasi referendumi davrida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida MSK qarori ijrosini taʼminlash va uni amalga oshirish, Energetika vazirligining okrug va uchastka komissiyalari binolarini uzliksiz elektr taʼminoti bilan taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida axborotlari tinglandi.

Oʻzbekiston Respublikasining referendumida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi MSKning qarori bilan MDH, MDH PA, YEXHT DIIHB, SHHT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlardan hamda AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Quvayt, Hindiston kabi xorijiy mamlakatlardan jami 258 nafar kuzatuvchi akkreditatsiyadan oʻtkazildi.

Shuningdek, MSKga kelib tushgan murojaatlardan kelib chiqib, mahalliy ommaviy axborot vositalarining 103 nafar, xorijiy ommaviy axborot vositalarining 24 nafar vakili akkreditatsiyadan oʻtkazildi. Shu bugunga qadar akkreditatsiyadan oʻtkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining umumiy soni 778 nafarni tashkil etmoqda.

Majlisda kun tartibiga kiritilgan masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер