Referendumga tayyorgarlik: mahallalardagi oʻzgarishlar

08:59 31 Mart 2023 Siyosat
924 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov va bir guruh deputatlar Termiz shahridagi “Bogʻzor” mahallasida boʻldilar va mahalla faollari bilan uchrashdilar. Mazkur tadbirda davlatimiz tomonidan fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga oʻz faoliyatlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligini eʼtirof etdilar.

Mahallalarda joriy etilgan yangi “beshlik” faoliyati oʻzining samaradorligini koʻrsatayotganligi, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolar manfaatlaridan, shuningdek, milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hal etish imkoniyatini yaratmoqda.

“Bogʻzor” mahallasining yoshlar yetakchisi Laylo Mengtoʻrayevaning taʼkidlashicha, mahallalarda yoshlar yetakchisi faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi, yoshlarni jamiyat, davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʻbatlantirmoqda. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning “Workaut” turi boʻyicha Respublika bosqichida “Bogʻzor” mahallasining yoshlar jamoasi fahrli 2-oʻrinni egallab, 28 mln soʻm pul mukofoti va “Workaut” maydonchasi sertifikatini qoʻlga kiritganini iftixor bilan aytib berdi. Shuningdek, mahalla yoshlarini volantyorlik harakatlari hayotga kirib kelayotgani yoshlar oʻrtasida ijobiy qabul qilayotganligini eʼtirof etdi.

Laylo Mengtoʻrayevaning fikricha, Konstitutsiyada yoshlarga oid masalalarni alohida aks etishi hamda yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik huquqlari himoya qilinishi davlat tomonidan taʼminlanayotganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qoida Surxondaryo viloyati yoshlari tomonidan toʻla qoʻllab-quvvatlanmoqda.

“Bogʻzor” mahallasining xotin-qizlar faoli Nazokat Shodiqulova fikriga koʻra, bugungi kunda ayollarga koʻrsatilayotgan yuksak darajadagi eʼtibor barcha ayollar hayotida sezilmoqda. Oxirgi yillarda mamlakatimiz turli sohalaridagi islohotlar, pirovard natijasida oilalarning mustahkamligi, ayollar turmush tarzini yaxshilanishi, ularning jamiyatda oʻrni oshib borishiga olib kelmoqda. Uning aytishicha, xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, yosh qizlarimizning taʼlim olishiga katta imkoniyatlar yaratilmoqda.

Yaqinda Qonunchilik palatasi tomonidan xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunning qabul qilinishi, unda oilaviy (maishiy) zoʻravonlik uchun javobgarlik oʻrnatilayotganligi oilalarda maʼnaviy-ahloqiy muhitni yaxshilanishida muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladi.

Mahalla faoli Shokir bobo Xoʻjayev oxirgi yillarda Davlatimiz rahbari tomonidan mahallarni aholiga yanada yaqinlashtirish, mahalliy masalalarni hal qilishda ularning rolini yanada oshirish borasidagi siyosati oʻz natijasini bermoqda. Konstitutsiyaga kiritilayotgan barcha yangiliklar, albatta, birinchi navbatda inson manfaatiga xizmat qilishini eʼtirof etdi. Konstitutsiya hamma uchun tushunarli ifodalangani, har bir shaxs unda oʻzini koʻra olishi, bu hujjat mamlakatimizni tom maʼnodagi iftixor etsa arziydigan Asosiy qonun boʻlib qolishiga chuqur ishonch bildirib, Termiz shahri nuroniylari yaqinda boʻlib oʻtadigan referendumda faol ishtirok etishligini maʼlum qildi.

Uchrashuvda Konstiutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar haqida fikr almashildi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер