“Real” va “Liverpul” futbolchilari oʻyin taqdirini hal qildi
Bugun, 27-mart kuni futbol boʻyicha Braziliya va Fransiya terma jamoalari oʻzaro oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi. Uchrashuv Amerika Qoʻshma Shtatlarining Foksboro shahrida boʻlib oʻtdi.
Bahsda Fransiya terma jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Uchrashuvda hisob 32-daqiqada Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe tomonidan ochildi. Birinchi boʻlimda hisob boshqa oʻzgarmadi.
Ikkinchi boʻlimning 65-daqiqasida Ugo Ekitike hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. 78-daqiqada Braziliya terma jamoasi himoyachisi Bremer hisobni qisqartirdi.
Shu tariqa bahs fransuzlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Maʼlumot uchun, Fransiya terma jamoasi 30-mart sanasida Oʻzbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqibi Kolumbiya terma jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring