“Real Madrid” sobiq futbolchisi Messi bilan jamoadosh boʻlishi mumkin
“Real Madrid” jamoasining sobiq futbolchisi Kazemiro faoliyatini Amerika Qoʻshma Shtatlarining “Inter Mayami” jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
“Kazemiro faoliyatini ”Inter Mayami"da davom ettirishi mumkin. Klub futbolchining agenti bilan aloqaga chiqqan.
Oʻz navbatida braziliyalik futbolchi ham Mayamiga koʻchib oʻtishga tayyor. U yerda ambitsiyali loyiha va ajoyib yashash sharoitlari Kazemironi qiziqtirmoqda", — deyiladi manba xabarida.
Maʼlumot uchun, oldinroq Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr” jamoasi rahbariyatidan Kazemironi Ar-Riyod klubiga olib kelishni soʻragan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring