Jizzaxdagi koronavirusga chalinganlarni davolash markazida bemorlar dorilarni oʻz hisobidan sotib olayotgani aytilmoqda. Prоkuratura oʻrganish ishlarini boshladi
Fuqaro Q.Abdusattarovning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaati Bosh prokuratura tomonidan koʻrib chiqildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, Q.Abdusattarov Jizzax viloyatidagi koronavirusga chalingan bemorlarni davolash markazida davolanayotganligi, koronavirusga chalinganlar uchun davlat tomonidan 32 mln. soʻm pullar ajratilayotgan boʻlsa-da, bemorlar dorilarni shaxsiy mablagʻlari hisobidan sotib olayotganliklari, bemorlarga tushlik ovqati berilmayotgani, muassasadagi boʻsh oʻrinlarga bemorlar sunʼiy ravishda qabul qilinmayotganligi yoritilgan.
Mazkur murojaatda bayon qilingan holatlar yuzasidan Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan oʻrganish ishlari boshlandi.
Natijasi haqida qoʻshimcha ravishda xabar beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring