Rasman — test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi
Foto: Arxiv surat
2022-2023 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari 2022-yil 8-avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda oʻtkaziladi.
Test sinovlari kuniga ikki smenada oʻtkazilib:
1-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar boʻlib oʻtadi.
Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari oʻtkaziladigan maydonlar sigʻimidan kelib chiqqan holda, 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi.
Test sinovida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 4-avgust kunidan boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring