Rasman: Shuhrat Gʻaniyev Bosh vazir oʻrinbosari lavozimida ish boshlaydi
Shuhrat Gʻaniyev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda Fargʻona viloyat faollari bilan oʻtkazilgan yigʻilishda Bosh vazir Abdulla Aripov maʼlum qildi.
Yigʻilishda Sh. Gʻaniyevning 8 yil davomida viloyat rahbari sifatida hududni har tomonlama rivojlantirish borasidagi ishlari alohida eʼtirof etildi. Oʻzbekona chopon bilan tantanali kuzatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring