Rasman: OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Yangi oʻquv yili uchun taʼlim kesimida davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarining taʼlim shakllari, tillar va yoʻnalishlar boʻyicha umumiy taqsimoti eʼlon qilindi. Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi maʼlum qildi.
Ular quyidagicha:
• kunduzgi taʼlim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti;
• sirtqi taʼlim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti;
• kechki taʼlim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti;
• masofaviy taʼlim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti;
• maktab taʼlimi sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti;
• sogʻliqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti;
• oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining taʼlim sohalari va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti.
Qabul kvotalari haqida batafsil: https://t.me/BaholashUz/6796
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring