Rasman: 2028-yilgi Olimpiya oʻyinlarida taekvondo sport turi ham oʻrin oladi
Foto: Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Pekinda oʻtgan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining (XOQ) navbatdagi sessiyasida 2028-yilgi Olimpiya oʻyinlari dasturidan taekvondo sport turi ham oʻrin olishi rasman maʼlum qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Shu tariqa, taekvondo ketma-ket sakkizinchi bor dunyoning eng yirik sport bayramidan oʻrin oladi.
Maʼlumot uchun, Los-Anjelesdagi Olimpiadada taekvondodan tashqari yana 27ta sport turi ham boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring