Daraxtlarda lovillar gulxan (kuz fotoreportaji)
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Koʻz oʻngimda bepoyon bogʻlar,
Yaproqlarda tilla rang gʻubor.
Yaqinlashib qolgandek togʻlar,
Havo shunday tiniq, begʻubor.
Shitirlagan kechki yomgʻir, ham
Tumanlarni quchoqlagan tong,
Qop-qoraygan dalayu qir ham,
Bari menga tanish, qadrdon.
Daraxtlarda lovillar gulxan,
Yuragimda uning tafti bor.
Bogʻchadagi xazonlar bilan
Uchib yurar kechagi bahor.
Meni tashlab ketmoqchi doʻstni
Toʻxtatmoqchi boʻlganday, shu on
Men jimgina qoʻlim choʻzaman
Yonayotgan gulxanlar tomon.
Xurshid DAVRON
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring