Raqobat qoʻmitasida Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi
21-oktyabr – yurtimizda Oʻzbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu yil Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil toʻldi. Shu munosabat bilan Raqobat qoʻmitasida ham maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Rais maslahatchisi G.Qodirova barchani bayram bilan tabrikladi hamda Qoʻmitaning bir guruh xodimlari tomonidan tayyorlangan bayram tabrigiga bagʻishlangan videorolik namoyish etildi.
Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan nashr qilingan kitoblar taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring