Raqamli texnologiyalar vazirligi Hayʼatining kengaytirilgan majlisi boʻlib oʻtdi

11:48 07 Fevral 2024 Jamiyat
149 0

6-fevral kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi markaziy apparati, tizimidagi korxona, tashkilot va taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida Vazirlik Hayʼatining kengaytirilgan majlisi boʻlib oʻtdi.

Kengaytirilgan majlisda Davlatimiz Rahbari boshchiligida “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport yoʻnalishlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi hamda vazirlik va idoralarning 2024-yilgi ustuvor vazifalari”ga bagʻishlangan yigʻilishida berilgan vazifalar hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududlarda raqamlashtirish boʻyicha 2024-yilda erishilishi zarur boʻlgan asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi va ularning borishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va takliflar koʻrib chiqildi.

Bundan tashqari, sohada olib borilayotgan tizimli ishlarni davom ettirish, yoʻl qoʻyilgan xatolarni vaqtida bartaraf etish va ularning oldini olish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, IT xizmatlarini rivojlantirish uchun hududlarda telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish boʻyicha masalalar koʻrib chiqildi.

Oʻz navbatida, majlisda IT-taʼlimni rivojlantirish, soha xodimlarini ingliz tili bilish darajasi qamrovini oshirish boʻyicha masalalar muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер