Raqamlashtirishdan real hayot sari

13:04 18 Noyabr 2024 Jamiyat
360 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Aloqa va raqamlashtirishning rivojlanishi aksariyat yoshlarni virtual olamga jamladi. Bu ularning turli hududlarda turib, oʻzaro muloqot qilish imkonini berdi. Tan olish kerak, ushbu holat koʻpchilikning eʼtiroziga ham sabab boʻlmoqda. Zero, farzandlarning raqamlashtirish olamidan koʻra real hayotdagi faoliyati ularning har tomonlama shakllanishida foydaliroqdir.

— Shu bois sportning figital turiga katta eʼtibor qaratilmoqda, — deydi Oʻzbekiston figital sport federatsiyasi boʻlim boshligʻi Husan Nasrullayev. — Ushbu soʻz ingliz tilida “raqamlashtirish” va “jismoniy” soʻzlari birikmasidan hosil boʻlgan. Maqsad esa yagona — kompyuter oʻyinlariga qiziquvchi yoshlarni raqamlashtirish olamidan jismoniy harakat sari chorlash. Andijon shahrida sportning bu turi boʻyicha musobaqa tashkil etdik. Unda yuzlab yigit-qizlar oʻndan ortiq sport turi boʻyicha bellashdi. Bunda virtual olamdagi oʻzaro kuch sinashgan ishtirokchilar ana shu oʻyinni amalda ifoda etish orqali oʻz mahoratini namoyish etdi. Ular orasidan saralab olingan eng kuchli sportchilar Angren shahrida boʻlib oʻtadigan respublika bosqichida qatnashadi.

Bu kabi musobaqalar kelgusi yili Braziliya va Arabistonda oʻtkaziladigan kelajak oʻyinlari bellashuvlarida respublikamiz shaʼnini himoya qiluvchi sportchi yoshlarni saralab olish imkonini ham bermoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер