Ramzan Qodirovning oʻgʻli va kuyovi Chechenistonning ikki vazirligiga rahbar etib tayinlandi
Foto: РИА «Новости»
Checheniston Respublikasining munitsipal va ijroiya hokimiyatida kadrlar oʻzgarishi amalga oshirildi. Bu haqda Checheniston Vazirlar Mahkamasi yigʻilishida hukumat raisi vazifasini bajaruvchi Iso Tumxadjiyev maʼlum qildi.
Shunday qilib, Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovning 18 yoshli oʻgʻli Axmat Qodirov Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimiga tayinlandi.
Yoshlar ishlari vazirligiga esa 20 yoshli Ramzan Vismurodov rahbarlik qiladigan boʻldi. U Ramzan Qodirovning toʻrtinchi qizi Tabarikning turmush oʻrtogʻi hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring