Ramazon shirinliklari elga tuhfa etilmoqda

18:32 26 Aprel 2020 Jamiyat
1453 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi, uning hududiy boʻlimlari, viloyat prokuraturasi va mahalliy hokimliklar tomonidan barcha hududlarda tashkil etilgan koʻchma bozorlar, turgʻun savdo doʻkonlarida ramazon shirinliklari ishlab chiqaruvchilari uchun ham alohida rastalar ajratildi.

Xususan Urganch shahri va tuman mahallalarida “Daladan dasturxonga” tamoyili asosida tashkil etilgan koʻchma bozorlarda shu mahallada yashovchi ishlab chiqaruvchilar bozorchaning oʻzida pechak, nisholda, qaymoq, xurmo, holva kabi shirinliklarni arzon narxlarda sotishni yoʻlga qoʻydilar. Koʻchma bozorda isteʼmolbop mahsulotlar bilan birga xoʻjalik mollari, trikotaj kiyim-kechaklarning bir joyning oʻzida sotilishi mahalla ahliga qulaylik yaratmoqda. Har bir mahsulot maxsus himoya vositalari bilan yopilgan holda, gigiyena qoidalari asosida xaridorlarga taqdim etilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер