Ramazon oyi boshidan hozirga qadar “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 1 mlrd 238 mln 460 ming soʻm qabul qilingan
Foto: Illustrativ surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Fond rahbari vazifasini bajaruvchi Ziyovuddin Mirsodiqov maʼlum qildi.
Muborak oyning galdagi haftasida ham Vaqf fondi oʻz xayriya loyihalari asosida, rejali tadbirlarni amalga oshirib, muhtojlar va haqdorlar koʻngliga xursandchilik ulashdi.
Jumladan, oʻtgan hafta davomida:
— Respublikamiz boʻylab 393 ta oilaga 69 090 000 soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari;
— Moddiy koʻmakka muhtoj 48 nafar fuqarolarga 56 300 000 soʻmlik pul mablagʻlari;
— hamda 910 nafardan ortiq hamyurtlarimiz uchun iftorlik dasturxonlari yozildi;
Jami, Ramazon oyining uchinchi haftasi davomida fond tomonidan aholining ijtimoiy koʻmakka muhtoj qatlami, diniy soha xodimlari hamda diniy taʼlim muassasalari talabalari uchun 382 million 100 ming soʻmlik xayriya ishlari amalga oshirildi.
Umumiy hisobda Ramazon oyi boshidan bugunga qadar 1025 ta oilaga 178 820 000 soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari, 97 nafar fuqaroga 123 900 000 soʻmlik pul mablagʻlari xayriya qilinib, 2110 nafardan ortiq hamyurtlarimiz uchun iftorlik dasturxonlari yozildi. Oy davomida jami 715 930 000 soʻmlik xayriya ishlari amalga oshirildi.
Oʻtgan hafta davomida saxovatpesha hamyurtlarimiz tomonidan fondga jami 466 070 000 ming soʻm miqdoridagi zakot, xayriya va ehsonlar kelib tushdi. Muborak oy boshidan bugunga qadar esa 1 238 460 000 soʻm qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring