Ramazon hayiti va Navroʻz bayramida necha kun dam olamiz?
Foto: “Xalq soʻzi”
Oʻzbekistonliklar Ramazon hayiti va Navroʻz bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Unga koʻra, bayramlar munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:
• 20-mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;
• 21-mart (shanba) – Navroʻz bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;
• 22-mart (yakshanba) – dam olish kuni;
• 23-mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga koʻchirilgan dam olish kuni) 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring