Ramazon hayiti kunlari energiya resurslari oʻchirilmaydi — Energetika vazirligi
Foto: Illustrativ foto
Energetika vazirligining maʼlum qilishicha, Ramazon hayiti bayrami hamda Xotira va qadrlash kunlarini yuqori darajada oʻtkazish maqsadida mazkur vazirlik va tizim tashkilotlari tomonidan isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash choralari koʻrilgan.
Xususan, bayram kunlari:
— Elektr stansiyalar, neft va gaz obyektlarining shtat rejimida ishlashi taʼminlanadi;
— Elektr tarmoqlarida favqulodda holatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar boʻylab tunu kun ishlaydigan 504 ta avariyaga qarshi brigadalar tashkil etildi;
— Isteʼmolchilarga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish sifatini yaxshilash maqsadida tunu kun ishlaydigan 244 ta avariyaga qarshi brigadalar tashkil etildi;
— Respublikadagi 2 000dan ortiq jome masjidlarining energiya resurslari taʼminoti holati nazoratga olindi;
“Bayram tadbirlari boʻlib oʻtadigan joylardagi elektr tarmoqlari nazoratga olindi”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring