Rahbarlar “Wikipedia”ga oʻzi boshqarayotgan davlat idorasi va oʻzining mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 3 tilda joylashtiradi
Hukumatning davlat organlari faoliyatini yoritish uchun ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni takomillashtirishga doir qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Loyihaga koʻra, 2021-yil 1-fevraldan boshlab:
davlat idoralarining birinchi darajali rahbarlari axborot xizmatlari bilan birgalikda Internet tarmogʻidagi “Wikipedia” mustaqil internet-ensiklopediyasida alohida veb-sahifa ochib, oʻzi boshqarayotgan davlat idorasi va oʻzining mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzbek, rus, ingliz tillarida joylashtiradi;
davlat idoralari 2021-yil yakuniga qadar oʻzlarining ochiq maʼlumotlari va yangiliklarini mobil qurilmalar orqali qulay, tezkor ravishda olish imkoniyatini taqdim etuvchi “Android” va “iOS” operatsion tizimlarida ishlovchi mobil ilovalarni ishga tushiradi hamda mazkur ilovalardagi axborot, maʼlumotlar bazasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasining ochiq maʼlumotlar portali (opendata.gov.uz) bilan integratsiya qilish choralarini koʻradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring