Rahbarlar rasmiy sahifasida haftada uch marta faoliyatiga oid axborotni joylashtiradi, jamoatchilik savollarga javob beradi

02:10 16 Dekabr 2020 Hujjatlar
1056 0

Hukumatning davlat organlari faoliyatini yoritish uchun ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni takomillashtirishga doir qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Loyihaga koʻra, 2021-yil 1-fevraldan boshlab:

davlat idoralarining rahbar xodimlari oʻz rasmiy sahifalarida hafta davomida kamida uch marta boshqaruvidagi davlat idorasi faoliyatiga daxldor boʻlgan axborotni joylashtirib boradi hamda mazkur sahifalar orqali jamoatchilik fikrini oʻrganib, murojaat va savollarga javob berib borilishi tashkil etiladi;

davlat idoralari axborot xizmatlari, tarkibiy tuzilmalar muntazam ravishda oʻz rahbarlarini tashkilot faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan axborot materiallari bilan taʼminlaydi hamda rahbar xodimlarning rasmiy sahifalaridagi axborotlarini ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va ommaviy axborot vositalari orqali keng miqyosda tarqatilishini amalga oshiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер