Radia kompaniyasi dunyodagi eng katta Windrunner samolyoti konseptini koʻrsatdi
Samolyot shamol turbinasi parraklarini tashish uchun moʻljallangan. Ushbu qurilma qayta tiklanadigan energiya sohasida inqilob qilishi kutilmoqda.
WindRunner uzunligi 108,51 metrni tashkil etib, Boeing 747-8 dan 30 metrga uzunroq boʻladi. Shunday boʻlsada, kema uzunligi nisbatan qisqa boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlaklaridan (1800 metrgacha) foydalanishi mumkin boʻladi. Taqqoslash uchun, toʻliq yuklangan Boeing 747-8 uchishi uchun 3100 metr kerak boʻladi.
Radia birinchi Windrunnerʻni toʻrt yil ichida chiqarishni rejalashtirmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring