Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi
Prezident qarori bilan Jalol Samandarovich Arashov Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda ushbu vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlumot uchun, Jalol Arashov tayinlovga qadar Buxoro viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, u 2022-2023-yillarda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring