Qurilish korxonalariga shartnoma tuzmasdan oylikni naqd toʻlash orqali ishchilar yollashga ruxsat berildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Ushbu farmon bilan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni biznes yuritishdagi joriy amaliyotga moslashtiriladi, jumladan:
qurilish korxonalariga ishchilarni ularga ish haqini naqd pulda toʻlash (mehnatga haq toʻlash fondining 10 foizidan oshmagan holda) huquqi bilan hamda ularni ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini saqlab qolgan holda shartnoma tuzmasdan yollashga muddatli ravishda ruxsat beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring