Qurilganiga 60-yildan oshgan hukumat binosi madaniy meros obyektlari roʻyxatiga kiritiladi
Qurilganiga 60-yildan oshgan Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlar roʻyxatiga kiritiladi.
Hukumat qarori loyihasiga koʻra, Mustaqillik maydoni koʻchasi 5-uy manzilida joylashgan, 1962-1964-yillarda barpo etilgan Vazirlar Mahkamasi binosi Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritiladi.
Taʼkidlash joiz, roʻyxatga yana 130 ga yaqin obyektlar kiritilishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, 2018-yil 19-dekabrda prezidentning “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.
Mazkur qaror asosida 2019-yil 4-oktyabrda Vazirlar Mahkamasining 846-sonli qarori bilan Oʻzbekiston boʻyicha jami 8208 ta moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati tasdiqlangandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring