Qurg‘oqchilik tufayli favqulodda holat e’lon qilindi
Salvadorda kuchli qurg‘oqchilik tufayli favqulodda holat e’lon qilindi. Mamlakatning 12 ta departamentida “to‘q sariq” xavf darajasi kuzatilyapti. Bu haqida Life.ru xabar berdi.
Salvador fuqaro muhofazasi bosh boshqarmasi bayonotida qayd etilishicha, makkajo‘xori yetishtirishda ulkan yo‘qotishlarga uchragan 143 ta tumanda esa xatar “qizil” darajaga yetgan. Ushbu hudud aholisiga gumanitar yordam yuborilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur davlatning 10 ta departamentida qurg‘oqchilik kamida 29 kun davom etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring