“Qumqoʻrgʻon — Quduqli” temir yoʻl uchastkasida elektrlashtirish ishlari boshlandi

11:19 01 Aprel 2026 Jamiyat
214 0

Davlatimiz rahbarining joriy yil 26–27-fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida belgilangan ustuvor vazifalar izchil amalga oshirilmoqda. Ana shunday muhim tashabbuslardan biri — “Qumqoʻrgʻon — Quduqli” temir yoʻl uchastkasida elektrlashtirish ishlarining boshlanganidir.

Uzunligi 103 kilometrni tashkil etuvchi mazkur loyiha hududda transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yuk va yoʻlovchi tashish samaradorligini oshirish, shuningdek, tezyurar poyezdlar harakati uchun zamin yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Loyiha taqdimoti bilan tanishgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov uning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari, amalga oshirish bosqichlari va kutilayotgan natijalar yuzasidan masʼullar axborotini tingladi. Shuningdek, Azlarsoy mahallasida sel va suv toshqinlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ham muhokama qilindi.

Taʼkidlash joiz, mazkur yirik infratuzilma loyihasi hudud iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, logistika imkoniyatlarini kengaytirish va aholiga zamonaviy transport xizmatlarini taqdim etishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер