Qozogʻistonning Oqtau shahrida kuchli portlash yuz berdi

23:30 07 Noyabr 2021 Dunyo
1462 0

Foto: lada.kz

Qozogʻiston janubi-gʻarbidagi Oqtau shahridagi kafeda portlash sodir boʻldi. Oqibatda uning binosi butunlay vayron boʻldi.

Qozogʻiston favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, portlash 7-noyabr kuni kechqurun ikki qavatli «Ayanat» kafesida sodir boʻlgan. Natijada kafega tutash hududlar ham zarar koʻrgan.

«7-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:25 da Mangʻistau viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Oqtau shahrida portlash sodir boʻlganligi haqida maʼlumot kelib tushdi», — deyiladi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumotiga.

Dastlabki xabarlarga koʻra, jabrlanganlar haqida maʼlumot yoʻq. Portlash sababi oʻrganilmoqda.

Oldinroq, Qozogʻistonning Qaragʻanda viloyatidagi “Abayskaya” konida metan sizib chiqishi sababli portlash sodir yuz bergani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер