Qozogʻistonning “Halyk Bank” vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
“Oʻzbekneftgaz” AJ va Qozogʻistonning yirik tijorat banklaridan biri boʻlgan “Halyk Bank” vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikning keyingi bosqichlari va moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Suhbat davomida “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining oʻrinbosari bank vakillarini jamiyat tomonidan erishilgan natijalar, gaz qazib olish jarayonidagi muvaffaqiyatlar, amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari, loyihalar va islohotlar bilan tanishtirdi.
Taʼkidlash joizki, “Oʻzbekneftgaz” AJ xodimlari bank vakillariga Yaponiyaning “MUFG Ban Ltd” banki tomonidan tashkil qilingan sindikatlashgan kredit loyihasidagi ishtiroki uchun oʻz minnatdorligini bildirishdi. Shuningdek, “Halyk Bank” vakillari Germaniyaning “Deutsche Bank AG” banki tomonidan tashkil qilinayotgan sindikat kredit loyihasiga katta qiziqish bildirishdi va loyihada ishtirok etishni maʼlum qildi.
Uchrashuvda “Halyk Bank” vakillari tomonidan kredit loyihalari riski, loyihani moliyalashtirish boʻyicha xalqaro moliyaviy bozorlar yoʻnalishlari yuzasidan maʼlumot berildi. Xalqaro qarz bozorida boʻlayotgan holatlar va bozorda oʻzgaruvchanlik darajasi yuqoriligi hamda barqaror holatga qaytishi taʼkidlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring