Qozogʻistonning birinchi Prezidenti Oʻzbekiston yetakchisini tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Qozogʻiston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Nursulton Nazarboyev davlatimiz rahbarini tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbatda Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida bugun yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring