Qozogʻistonlik tadbirkorlar: Oʻzbekistonga goʻsht eksport qilish koʻproq foyda keltiryapti

14:17 10 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
2228 0

Arxiv foto

Qozogʻistonning Chimkent shahrida meva-sabzavot va goʻsht mahsulotlari narxi oshdi. Tadbirkorlar buni joriy yilda kamhosil mavsum kuzatilgani, zaxira fondi viloyatning yangi markaziga koʻchirilgani va xorijdan mahsulotlar olib kirish bilan bogʻlashmoqda, deb xabar berdi “Astana” telekanali.

Hududda eng kutilmagani goʻsht narxining koʻtarilishi boʻldi. Bir necha hafta ichida bir kilogramm mol goʻshti 1400 tengedan 1600 tengegacha oshib ketgan.

Sotuvchilarning aytishicha, bozorlarga goʻsht yetkazib berish keskin qisqarib ketgan. Ulgurji savdogarlar mahsulotning katta qismini Oʻzbekistonga olib chiqishmoqda.

Ishbilarmon Jamiddin Yuldashxoʻjayevning aytishicha, Oʻzbekistonga goʻsht eksport qilish koʻproq foyda keltiryapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер