Qozogʻistondagi tartibsizliklar oqibatida 13 nafar huquq-tartibot xodimi halok boʻlgan. Ulardan ikki nafari vaxshiylarcha oʻldirilgan
Foto: ria.ru
Qozogʻistonda tartibsizliklar oqibatida ming nafardan ortiq odam jabrlandi. Manbaga koʻra, 400 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Ulardan 62 nafari jonlantirish boʻlimi qolmoqda.
Olmaotadagi toʻqnashuvlar oqibatida 13 nafar huquq-tartibot xodimi halok boʻlgan. Bu haqda RIA Novosti shahar komendaturasiga tayanib xabar berdi. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, halok boʻlgan ikki xavfsizlik xodimining boshi tanasidan judo qilingan holda topilgan. Bu Olmaotadagi toʻqnashuvlarida ishtirok etgan jinoiy guruhlarning terrorchilik va ekstremistik xarakterga ega ekanligidan dalolat sifatida koʻrilmoqda. Yana 350 nafardan ortiq huquq-tartibot idoralari xodimlari tan jarohati olgan.
Bundan tashqari, namoyishchilar tibbiyot xodimlariga ham hujum qilgan. Oqibatda 10 nafardan ortiq tibbiyot xodimlari jabrlangan.
Qozogʻistonda 2-yanvar, yakshanba kuni avtomobillar uchun gaz narxi litri uchun 60 tangadan 120 tengega oshishi munosabati bilan norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilar respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevdan siyosatni tark etishni talab qilishdi.
4-yanvar kuni namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlandi. Mamlakatning boshqa shaharlarida ham tartibsizliklar boʻlib oʻtdi. Keyinroq Toqayev hukumat isteʼfosini qabul qildi.
5-yanvar kuni Aqtoʻbeda olomon politsiya oʻrasini yorib oʻtib, Akimat (hokimiyat) binosiga bostirib kirdi. Chimkent va Tarazda ham maʼmuriy binolarga hujumlar uyushtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring