Qozogʻistonda yana 45 nafar odamda koronavirus aniqlandi

09:59 24 Aprel 2020 Dunyo
874 0

Qozogʻistonda yana 46 ta koronavirus yuqtirish holatlari qayd etildi, deya xabar berdi coronavirus2020.kz.

“Koronavirus bilan kasallangan yana 45 kishi, shu jumladan Nur-Sultonda 5, Olmaotada 8, Chimkentda 6, Qostanay viloyatida 2, Pavlodar viloyatida 4, Turkiston viloyatida 4, Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatida 6, Atirau viloyatida 2, Aqmola viloyatida 2, Mangʻistau viloyatida 1, Qaragʻanda viloyatida 5 kishi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.

Olmaota shahrida 1 kishi koronavirus infeksiyasidan vafot etdi.

24-aprel, 09:30 holatiga koʻra, Nur-Sultonda 433 kishi, Olmaotada 764 kishi, Qaragʻandi viloyatida 108 kishi, Aqmola viloyatida 85 kishi, Atirau viloyatida 84 kishi, Jambil viloyatida 98 kishi, Chimkentda 139 kishi, Sharqiy Qozogʻiston viloyatida 15 kishi, Olmaota viloyatida 69 kishi, Aqtoʻbe viloyatida 55 kishi, Shimoliy Qozogʻiston viloyatida 30 kishi, Pavlodar viloyatida 62 kishi, Mangʻistau viloyatida 20 kishi, Qiziloʻrda viloyatida 161 kishi, Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatida 92 kishi, Turkiston viloyatida 81 kishi, Qostanay viloyatida 38 kishi, jami 2334 bemor roʻyxatga olingan.

Shundan 560 nafari sogʻayib chiqqan. Infeksiyadan vafot etganlar soni esa 22 nafarni tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер