Qozog'istonda oʻzbekistonlik Milliy gvardiya xodimi qidirilmoqda. U Sardoba toshqinida bedarak yoʻqolgan

08:03 23 Iyun 2020 Jamiyat
1318 0

Sardobada yuz bergan toshqinda aholini evakuatsiya qilish vaqtida suvda oqib ketib, bedarak yoʻqolgan Milliy gvardiya xodimi Qozogʻistonda qidirilmoqda. Bu haqda Chimkent shahar favqulodda vaziyatlar departamentiga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha: Qozogʻistonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumanida suv toshqini paytida bedarak yoʻqolgan oʻzbekistonlik askar qidirilmoqda.

Chimkent favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmatining xabar berishicha, 20-iyun kuni qutqaruv guruhi aʼzolari qoʻshni davlatdan kelgan askarni qidirishga kirishgan.

«20-iyun kuni Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi rahbariyatidan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 1992-yilda tugʻilgan harbiy xizmatchisini qidirishda yordam berish toʻgʻrisida xat kelib tushdi. Maktubga koʻra, «Shardara» qutqaruv stansiyasidan 5 ta qutqaruvchi, 1 ta transport vositasi va 1 ta qayiq Maqtaaral va Jetisay tumanlarining suv toshqini boʻlgan hududlari va suv omborlarida qidiruv ishlarini olib borish uchun joʻnab ketdi. Qidiruvga Qutqaruv otryadining ikkita kinologi ham jalb qilingan», - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Sardobadagi falokat vaqtida aholini qutqarayotgan Milliy gvardiyaning uch xodimi oqib ketgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер