Qozogʻistonda oʻta xavfli virus shtammlari uchun yer osti omborlari va harbiy biologik laboratoriya quriladi
Arxiv surat
Qozogʻistonning Jambil viloyati Korday tumani, Gvardeyskiy qishlogʻida xavfli va oʻta xavfli virus shtammlari uchun yer osti omborlari hamda biologik xavfsizligi yuqori darajaga ega ilmiy laboratoriya qurilmoqda.
Bu haqdagi maʼlumotlar Qozogʻiston hukumatining rasmiy saytida paydo boʻldi.
Laboratoriyaga maxsus tartibga solish va (yoki) shaharsozlikni tartibga solishni talab qiluvchi obyekt maqomi berildi. Qurilishni yakunlash muddati 2025-yilning IV choragi sifatida koʻrsatilgan.
BSL-4 (Biosafety Level 4) kodi biologik xavfsizlikning toʻrtinchi darajasini bildiradi. BSL-4 darajasi, shuningdek, laboratoriya tomonidan oʻrganilgan viruslarning yuqori individual va ijtimoiy xavfi boʻlib, ularning koʻpchiligiga qarshi kurashda samarali choralar mavjud emas.
Bugungi kunda Almatida, Aykimbayev nomidagi Milliy oʻta xavfli infeksiyalar ilmiy markazida (NSCOOI) Pentagon mablagʻlari hisobidan qurilgan Markaziy maʼlumot laboratoriyasi (CRL) va oʻta xavfli yuqumli patogenlar ombori allaqachon ishlamoqda.
Qozogʻistonda biologik qurol yaratish ustida ish olib borilayotgani haqida maʼlumotlar ham bor. Buni, xususan, Qozogʻiston mudofaa vazirining sobiq oʻrinbosari Amirbek Togusov ham aytib oʻtgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring