Qozogʻistonda nega ulkan qor odamlar yasalmoqda?

16:39 17 Yanvar 2021 Dunyo
2075 0

Shu kunlarda Qozogʻistonda qordan ulkan haykallarni yasash avj olmoqda. Xususan, yaqinda poytaxt Nur-Sulton shahrida balandligi 10 metrli qor odam qad rostladi. Pavlodar viloyatining Lugansk shahrida esa 7 metrli ana shunday ijod mahsuli yaratildi.

Ularni mahalliy maktab oʻquvchilari yasashyapti. Bularning barchasini shunchaki havasga, yoshlik gʻayratiga yoʻyish toʻgʻri boʻlmaydi. Yoshlar mamlakatda shu boʻyicha eʼlon qilingan onlayn-tanlovda gʻalaba qozonishmoqchi. Birinchi oʻringa 570 ming tenge(14 mln. soʻmdan ziyod) mukofot puli beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер