Qozogʻistonda koronavirusdan 413 nafar odam sogʻaydi
Arxiv surat
Qozogʻistonda bugun yana 12 kishi virusli infeksiyadan davolanib chiqdi, deb xabar berdi coronavirus2020.kz sayti.
“Koronavirus infeksiyasi uchun 12 kishi: Shimoliy Qozogʻiston viloyatida 7 kishi, Sharqiy Qozogʻiston viloyatida 3, Aqmola viloyatida 1, Mangʻistau viloyatida 1 sogʻayib chiqdi”, — deyilgan xabarda.
Shunday qilib, Qozogʻistondagi jami tuzalib chiqqanlar soni 413 nafarga etdi: Nur-Sulton shahri — 177, Olmaota shahri — 84, Chimkent shahri — 12, Aqmola viloyati — 18, Aqtoʻbe viloyati — 7, Olmaota viloyati — 8, Atirau viloyati — 21, Sharqiy Qozogʻiston viloyati — 3, Jambil viloyati — 6, Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati — 2, Qaragʻandi viloyati — 12, Qiziloʻrda viloyati — 24, Mangʻistau viloyati — 2, Pavlodar viloyati — 1, Shimoliy Qozogʻiston viloyati — 25, Turkiston viloyati – 11.
Ayni damda jami kasallik yuqtirish holatlari soni 1757 tani tashkil qilmoqda, shundan 19 nafar bemor vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring