Qozogʻiston va Rossiya ittifoqdosh — Kreml rasmiy vakili
Illyustrativ foto
Rossiya va Qozogʻiston ittifoqchilar va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantiradi. Ushbu fikrlarni Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov brifing chogʻida aytib oʻtdi.
Jurnalistning “Gʻarbning Qozogʻistonga bosimi ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarga taʼsir qilishi mumkinmi?” degan savoliga Peskov mamlakatlar ittifoqchi va doʻst ekanini taʼkidladi.
“Rossiya va Qozogʻiston ittifoqdosh, bu doʻstlikdan ham yuqori. Biz ikki tomonlama munosabatlarimizni baholaymiz va qadrlaymiz hamda yanada rivojlantiramiz”, degan Kreml rasmiy vakili.
Avvalroq, Peskov Qozogʻiston tomonidan sanksiyalarni chetlab oʻtishga qarshi kurash tizimi joriy etilganini olqishlagan edi. Uning fikricha, Qozogʻiston AQSH bosimi bilan sanksiyalarni chetlab oʻtishga qarshi kurash tizimini joriy qilgan. Uning qoʻshimcha qilishicha, Gʻarb davlatlari Rossiyaga qarshi noqonuniy cheklovlarga qoʻshilmagan qator davlatlarga bosim oʻtkazmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring