Qozogʻiston Qirgʻiziston va Tojikistonga oʻq-dorilar va harbiy texnika yetkazib berishga qaror qildi

08:08 11 Noyabr 2021 Dunyo
1107 0

Foto: Спутник

Afgʻonistondagi vaziyat fonida Qozogʻiston Qirgʻiziston va Tojikistonga oʻq-dorilar va texnika sovgʻa qiladi, deb yozadi Sputnik.

Maʼlumotlarga koʻra, yetkazib berish xarajatlarini Qozogʻiston tomoni oʻz zimmasiga oladi. Shu bilan birga, mamlakatning olingan harbiy mulki uchinchi davlatlarga berilishi mumkin emas.

“Tojikistonga harbiy texnikaning berilishi Qozogʻistonning jangovar tayyorgarligi va mudofaa qobiliyatiga taʼsir qilmaydi, chunki yordam respublika qurolli kuchlarining amaldagi mablagʻlarining ortiqcha zahiralari hisobidan koʻrsatilmoqda”, - dedi Qozogʻiston mudofaa vaziri oʻrinbosari Ruslan Shpekbayev.

Qayd etilishicha, kelishuv parlament deputatlari tomonidan maʼqullanib, Senatga taqdim etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер